“Sharoit Plyus” tashkiloti nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun fotografiya, SMM, videomontaj kabi kreativ industriya yo‘nalishlarida o‘quv kurslari ochdi, chunki “nodavlat ta’lim muassasalarida sharoit yo‘q va o‘qish qimmat”. Har bir kursda 10 kishidan o‘qidi. Ularning ayrimlari allaqachon o‘z ishini ham topib bo‘lgan.
O‘zbekistonda ko‘plab nogironligi bo‘lgan shaxslar qonunlarda kafolatlangan huquqlaridan bexabar qolib ketmoqda. Nogironlar huquqi faoliga ko‘ra, ular yuridik yordam va maslahat olishda ham to‘siqlarga uchrayapti. Shu sababli bunday muammolarga yechim sifatida huquqplus.uz huquqiy axborot portali ishga tushirildi.
“Sharoit Plus” nogironlar jamoat birlashmasi nogironligi bo‘lgan shaxslarni munosib ish bilan ta’minlash uchun onlayn platformani ishga tushirdi. Loyihaning hamkorlari — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi va YeXHT, loyiha BMTning ijtimoiy himoyani mustahkamlash Qo‘shma dasturi tomonidani qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting